Navoiyda “Alisher Navoiy va sharq renessansi” simpoziumi bo‘lib o‘tdi
Unda olimlar ishtirokida “Nazm va navo” musiqali kechasi tashkil etildi.

Bugun buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida Hazrat haykali poyiga gul qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.

Unda viloyat hokimi va masʼullar, simpoziumga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar hamda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan adabiyot, ilm-fan va sanʼat ahli ishtirok etdi.

Tadbirlar shahardagi “Farxod” madaniyat saroyida poytaxtlik hamda mahalliy sanʼtkorlar, shoir va olimlar ishtirokidagi “Nazm va navo” musiqali kechasi bilan davom etdi.

Viloyat hokimi Normat Tursunov“Alisher Navoiy aa sharq renessansi” xalqaro simpoziumi har yili Navoiy viloyatida o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.
Shuning bilan 8-9 fevral kuni Navoiy viloyati mezbonlik qilgan “Alisher Navoiy va sharq renessansi” simpoziumi o‘z ishini yakunladi.







