O'zbekiston

Maymun sabab butun Shri-Lanka chiroqsiz qoldi

U 22 million aholining elektr ta’minotini izdan chiqardi.

Maymun sabab butun Shri-Lanka chiroqsiz qoldi

“Maymun tarmog‘imizdagi transformator bilan o'ynagan va bu tizimda muvozanatsizlikni keltirib chiqargan”, — deb tushuntirdi Shri-Lanka energetika vaziri Kumara Jayakodi.

 

Ushbu hodisa yakshanba kuni ertalab soat 11 atrofida orolda to‘liq elektr ta’minotining uzilishiga sabab bo‘ldi.

 

Maymun uchun fojiali yakunlangan voqea Shri-Lanka poytaxti Kolomboning janubidagi elektr podstansiyasida yuz bergan.

 

Shundan so‘ng elektr ta’minotini qayta tiklash bosqichma-bosqich amalga oshirildi, avvalo, kasalxonalar va suv tozalash stansiyalariga elektr berildi.

 

Shri-Lanka ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu voqea yuzasidan turli hajviy izohlar va hukumatga qarshi kinoyali fikrlar bildirishdi.

 

“Daily Mirror” gazetasining dushanba kuni nashr etilgan maqolasida energetika bo‘yicha mutaxassislar yillar davomida ketma-ket almashib kelayotgan hukumatlarga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish kerakligini aytib kelganini eslatdi.

 

“Shri-Lanka elektr tarmoqlarining holati shunchalik yomonki, hatto bitta elektr uzatish liniyasida muammo yuzaga kelsa ham butun mamlakat bo‘ylab elektr uzilishi mumkin”, — deya gazeta noma’lum muhandisning so‘zlarini keltirdi.

 

2022-yilda Shri-Lankada elektr uzilishlari muntazam sodir bo‘lgan, ammo bunga maymunlar emas, balki iqtisodiy inqiroz sabab bo‘lgan edi. Xabarlarga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz tufayli mamlakat yoqilg‘i sotib olish uchun yetarli mablag‘ topa olmagan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Maymun sabab butun Shri-Lanka chiroqsiz qoldi | Zamon.uz