Qashqadaryoda yashirin alkogol sexi fosh etildi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.U. o‘z yashash uyida noqonuniy ravishda qo‘lbola spirtli ichimliklar tayyorlashi aniqlangan. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Tuman departamenti va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Loliston” MFYdagi yashirin sex faolioyati fosh etildi. Tekshiruv davomida 810 dona qalbaki aksiz markalari, 1 864 dona “YANGI SHAHRISABZ” yorliqlari, 3 430 dona turli xildagi qopqoqlar, 85 litr qo‘lbola aroq, maxsus filtr uskunasi, muhr va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







