Rossiya Ukrainaga dronlar yordamida hujum uyushtirdi
Ular Kiyevga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.

Ukraina Qurolli Kuchlarining maʼlum qilishicha, Rossiyaning oltita ballistik raketasi urib tushirilgan. Taxminlarga ko‘ra, ushbu raketalar shimoldan uchirilgani sababli Kiyevga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Qrimdan uchirilgan yana bir “Iskander” raketasi esa Krivoy Rogdagi nishonga yetib borgan.
Bundan tashqari, Ukrainaga qarata 123 ta Shahed va boshqa turdagi dronlar uchirilgan, ulardan 71 tasi urib tushirilgan.
"Dushman hujumi natijasida Kiyev, Dnepropetrovsk, Sumi, Poltava va Chernigov viloyatlaridagi obyektlar zarar ko‘rdi," deya xabar berdi Ukraina Harbiy havo kuchlari.







