Ziyoratchilar uchun vaksina talabi o‘zgarishsiz qoldi
Meningitga qarshi vaksina talabi bekor qilinmagan.

Saudiya Arabistoni 2025-yildan boshlab Haj va Umra ziyoratiga keluvchi barcha fuqarolarda meningitga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi hujjat bo‘lishini talab qiluvchi qarorni e’lon qilgan edi.
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu talab bekor qilingani haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Sanepidqo‘mita bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, ziyoratchilar uchun emlanish talabi hali ham amalda ekanini bildirdi.
Epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash va yuqumli kasalliklarning tarqalishining oldini olish maqsadida Haj va Umra ziyoratlariga boruvchilarga meningitga qarshi emlanish tavsiya etiladi.







