2024 yilda O‘zbekistonda qancha egizaklar tug‘ilgan?
Statistika agentligi raqamlarni ochiqladi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yil davomida respublika bo‘yicha 21 107 nafar egizak tug‘ilishi holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Jinsi bo‘yicha egizak tug‘ilganlar soni:
- o‘g‘il bolalar – 10 630 nafar;
- qiz bolalar – 10 477 nafar.







