O'zbekiston

Ishga kirishda so‘raladigan hujjatlar soni kamaydi

Bu bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritilmoqda.

Ishga kirishda so‘raladigan hujjatlar soni kamaydi

“O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, Mehnat kodeksiga "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat majmuida  elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan taʼtil davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

 

Davlat organlari va tashkilotlarida ishga qabul qilish chog‘ida shaxsning pasporti yoki ID-kartasini, mehnat va pensiya daftarchasiga oid maʼlumotlarni talab qilmasdan, mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab olish belgilandi.

 

Bundan tashqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etilmoqda.

custom img

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayitida oziq-ovqat narxlarni oshirmaslikka chaqirdi

Savdo tarmoqlari narx o‘zgarishlari haqida qo‘mitani tezkor xabardor qilib boradi.

custom img

Toshkentda pullik avtomobil yo‘llari quriladi

Poytaxtda 100 km ga yaqin halqa va yangi aeroport yo‘nalishida pullik yo‘llar qurish loyihasi Xitoy kompaniyasi bilan muhokama qilindi.

custom img

Rossiya hibsxonasidagi o'zbekistonliklar jazoni O‘zbekistonda o‘tash istagini bildirdi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Saxalin viloyatidagi muassasada saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan muloqot qilinib, ularga nisbatan bosim, qiynoq yoki majburiy mehnat qo‘llanilmayotganini, shuningdek harbiy mojarolarga jalb etish holatlari mavjud emasligini tekshirdi.

custom img

Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat oldin ketish huquqiga ega

Mehnat kodeksiga ko‘ra, bayram arafasida ish kuni kamida 1 soatga qisqartiriladi.

custom img

Toshkentda soliq inspeksiyasi xodimlari pora bilan ushlandi

Ular kelib tushgan murojaat bo'yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pora talab qilgani aniqlandi.

custom img

Doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshirilishi mumkin

Bir qator ustuvor sohalar uchun ilmiy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish taklif etildi.

custom img

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi vaqtlari e’lon qilindi

Toshkentdagi masjidlarda Qurbon hayiti namozini o‘qish ertalab soat 05:10 da boshlanadi.

custom img

OAK faoliyatini Fanlar akademiyasi tizimida tashkil qilish rejalashtirilmoqda

Shuningdek, dissertatsiya himoyasi jarayonlarining 50 foizini raqamlashtirish hamda ortiqcha byurokratik talablarni bekor qilish taklif etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"