Chilida kit yutib yuborgan yigit omon qoldi
U haqiqiy dahshatni his qilganini aytgan.

Ushbu hayratlanarli hodisa yigitning otasi ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi va uning videoyozuvi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
8 fevral kuni yuz bergan hodisa videoga tushirilgan bo‘lib, unda ulkan dengiz hayvonining suvdan otilib chiqib, yigitni qayig‘i bilan birga yutib yuborgani aks etgan. Ammo atigi bir necha soniyadan so‘ng kit uni og‘zidan chiqarib tashlagan.
Adrian Simankas o‘z hayotini eslar ekan, shunday dedi: “Men o‘lishimni o‘yladim. U meni yutib yubordi, hammasi tugadi, deb o‘yladim”.
U suvga tushib qolgach, otasi ham xuddi shunday hujumga uchrashi mumkinligidan qo‘rqib ketgan. Chunki Dell Simankas o‘g‘lidan atigi bir necha metr uzoqlikda edi. Biroq, baxtiga, ular ikkalasi ham omon qolishdi.







