O'zbekiston

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Baʼzi joylarda yog‘ingarchilik kutilmoqda.

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 fevralda -1...-6, 18-19 fevralda -2...+3, kunduzi 17-18 fevralda +6...+11, 19 fevralda +5...+10 daraja bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi +10...+15, 18 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +8...+13, 19 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 17 fevralda -1...-6, 18-19 fevralda -2...+3, kunduzi 17-18 fevralda +6...+11, 19 fevralda +5...+10 daraja bo‘ladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 fevralda Samarqand viloyatida baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi 17 fevralda +8...+13, 18-19 fevralda +10...+15 daraja bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi 17 fevralda +12...+17; 18-19 fevralda +10...+15 daraja bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi 17 fevralda +6...+11; 18-19 fevralda +8...+13 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi -3...-8, kunduzi -3...+2, 18-19 fevralda kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi | Zamon.uz