Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchilar yer solig‘idan ozod etilishi mumkin
Bu 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Yangi qonun loyihasi bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etish belgilanmoqda.
Deputatlarning qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi qabul qilinishi parrandachilik korxonalari faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash, bolalarga yaratiladigan shart-sharoitlarni yaxshilash, bolalarni sog‘lomlashtirish va aqliy rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.







