Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektr talon-toroj qilindi
Hozirda holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahridagi “S.M.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. va korxonaga qarashli mebel sexi ustasi A.N. mebel sexini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan holda, noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullangan. Buning natijasida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







