Sport

Vardining "Arsenal"ga tarixiy transferi nega amalga oshmagan?

Hujumchiga londonliklar jiddiy qiziqish bildirgan.

Vardining "Arsenal"ga tarixiy transferi nega amalga oshmagan?

 

Jeymi Vardi "Lester" afsonasi. Forvard 2012-yilda klubga qo'shildi va jamoani chempionatning o'rtamiyona jamoasidan Angliya chempionligigacha olib chiqdi. Hozirgi vaqtda ham Vardi kuchli futbolchilardan biri hisoblanadi. Joriy mavsumda 38 yoshli forvard "Lester"ning Premyer-ligadagi eng yaxshi to'purari (7) bo'lib, elitadagi o'rinni saqlab qolish uchun kurashmoqda. Biroq, 2016-yilda Jeymi klubni tark etishga yaqin edi. Hujumchiga "Arsenal" jiddiy qiziqish bildirgandi. Biroq, kelishuv amalga oshmadi?

 

2015/2016-yilgi mavsum "Lester" uchun tarixiy bo'ldi. Klub tarixda birinchi marta Angliya chempioniga aylandi. Garchi, mavsum oldidan jamoa quyi ligaga tushib ketish uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanardi. Bu esa Vardisiz sodir bo'lmasdi. Hujumchi 24 ta gol urdi va to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinni egalladi (Keynda 25 ta). Vardi, shuningdek, Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi mukofotini ham qo'lga kiritdi.

 

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson Vardini Yevro-2016 uchun terma jamoaga chaqirdi. Forvardning transfer qiymati bir yil ichida 6 million yevrodan 20 million yevroga ko'tarilgan Jeymi "Lester" muxlislari uchun qahramonga aylandi. Shundan so'ng, Vardiga qiziqish kuchaydi. "Arsenal" raqobatda kuchlidek tuyildi. Aynan londonliklar 2015/2016-yilgi mavsumda “Lester” bilan oltin medallar uchun kurashgan, biroq jamoa ikkinchi o‘rinni egallaydi.

 

2016-yil iyun oyida Arsenal Vardini qo'lga kiritish uchun jiddiy kirishadi. Uning narxi bor-yo'g'i 23 million yevro edi. Bu Premyer-liganing eng yaxshi futbolchisi uchun katta summa emasdi. Londonliklar, shuningdek, 29 yoshli forvardning maoshini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirishgandi. "Arsenal" "Lester" vakillari va futbolchining o'zi bilan muzokaralarga kirishadi. Oradan bir necha kun o'tib klub bosh murabbiyi Klaudio Raneri tovon to'lash bandi faollashtirilganini tasdiqlaydi. Keyin nima bo'ldi? 2016-yilda “Arsenal”ning transfer muzokaralarini boshqargan Dik Lou 2020-yilda bergan intervyusida bu haqda shunday deydi: “Biz “Lester” va futbolchi bilan kelishib oldik. Vardi Londonga keldi va Arsen Venger bilan uchrashdi. Keyin esa u orqaga qaytdi. Jeymi shunda menga qo'ng'iroq qilib, yana bir bor o'ylab ko'rmoqchi ekanligini aytdi. Shundan so'ng uning transferi ijobiy hal etilmaslgi ma'lum bo'ldi".

 

Keyin «Lester Siti» Vardi bilan shartnomani yana 4 yilga uzaytirish borasida kelishuvga erishadi. Ikkala tomon ham bu bayonot Jeymi kelajagi haqidagi so'nggi mish-mishlarga barham beradi va uning klubga sodiqligini tasdiqlaydi. Qizig'i shundaki, 2017-yildan so'ng Vardi ikkita sovrin - Angliya kubogi va FA Community Shield (ikkalasi ham 2021-yilda) qo'lga kiritdi. "Arsenal" kubok (2020) va ikkita Superkubok (2020, 2023) sohibiga aylanadi. U shu vaqtga qadar londonliklar darvozasiga 11 ta gol urgan.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Manchester Siti» sotilishi mumkinmi? Klub egalari rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda

«Manchester Siti» sotilishi mumkinmi? Klub egalari rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda

Bunga moliyaviy mojaro va muxlislarning munosabati sabab bo‘lgani aytilmoqda.