Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qatar poytaxtida o‘tkazilgan taekvondo WT bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada quyidagi sportchilarimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi:
Oltin medal:
-87 kg — Yodgorbek Jo‘raboyev;
+73 kg — Svetlana Saidova.
Kumush medal:
-57 kg — Madina Mirabzalova.
Bronza medal:
-74 kg — Najmiddin Qosimxojiyev;
-57 kg — Shabbona Abduvaliyeva;
-62 kg — Mohidil O‘ktamjonova.
Musobaqada Svetlana Saidova “Eng yaxshi ayol sportchi”, O‘zbekiston qizlar terma jamoasi esa “Eng yaxshi ayollar jamoasi” deb e’tirof etildi.
O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida Tunisdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.








