Sport

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2027-yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi uchrashuvlari boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

 

Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan musobaqada Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoamiz uchta uchrashuvda maydonga tushadi.

 

O‘zbekiston MTJ 8-yanvar kuni Iordaniyaga qarshi Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da o‘ynaydi. 12-yanvar kuni Shimoliy Koreyaga qarshi bahs soat 18:30 da, 17-yanvar kuni Bahraynga qarshi uchrashuv ham soat 18:30 da boshlanadi.

 

O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari:

 

  •  8-yanvar, 21:30 — O‘zbekiston – Iordaniya;
  •  12-yanvar, 18:30 — O‘zbekiston – Shimoliy Koreya;
  •  17-yanvar, 18:30 — O‘zbekiston – Bahrayn.

 

Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.