Sport

«Manchester Siti» sotilishi mumkinmi? Klub egalari rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda

Bunga moliyaviy mojaro va muxlislarning munosabati sabab bo‘lgani aytilmoqda.

«Manchester Siti» sotilishi mumkinmi? Klub egalari rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda

«Manchester Siti» klubi egalari jamoa ustidan nazoratni saqlab qolish masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

 

Klub atrofidagi vaziyatga Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ishi yuzasidan chiqarilgan qaror hamda muxlislarning munosabati ta’sir ko‘rsatgan.

 

Avvalroq Abu-Dabilik klub egalari yuzaga kelgan vaziyatga qaramay, «Manchester Siti» ustidan nazoratni saqlab qolishni rejalashtirgan edi. Biroq klubga yaqin manbalardan birining ta’kidlashicha, muxlislarning munosabati kutilganidan murakkabroq kechgan.

 

Nashr qayd etishicha, bu holat Birlashgan Arab Amirliklarining Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga kiritayotgan sarmoyalari kelajagi borasida ham savollarni yuzaga keltirgan. Shu bilan birga, Britaniya tomoni ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga jiddiy ta’sir bo‘lishini kutmayapti.