Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi
Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Rossiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv 12-noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Eron, Suriya va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan edi.
Milliy jamoa Jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng 2027-yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettiradi. Musobaqa 7-yanvardan 5-fevralga qadar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogining “B” guruhida Bahrayn, Shimoliy Koreya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.








