HAMAS G‘azo sektori nazoratini Falastinga topshirmoqchi
Buning uchun bitta shart borligi aytilgan.

Harakat hokimiyatni Falastin milliy maʼmuriyatiga topshirish uchun birgina shart qo‘ygan. Shart yangi maʼmuriyatda xodimlar uchun ish o‘rinlarini saqlab qolish yoki ularni ish haqini saqlab qolish kafolati bilan pensiyaga yuborishdan iborat.
HAMAS rahbariyati Misrning kuchli bosimi sabab G‘azo nazoratini topshirishga rozilik bildirgan.







