Jahon

Malida oltin koni qulab tushib, 48 kishi halok bo‘ldi

Qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Malida oltin koni qulab tushib, 48 kishi halok bo‘ldi

Mali g‘arbidagi Kenyeba shahri yaqinida joylashgan noqonuniy oltin konida shaxta qulashi oqibatida kamida 48 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

 

Hodisa konning ilgari Xitoy kompaniyasi tomonidan boshqarilgan, ammo keyinchalik tashlandiq qolgan hududida yuz bergan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgan bo‘lib, halok bo‘lganlar soni ortishi mumkin.

 

Mali Afrikaning yetakchi oltin ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi, ammo mamlakatda noqonuniy qazib olish keng tarqalgan. Bu esa ko‘p hollarda shaxtalar qulashiga va ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Bundan bir yil oldin xuddi shu hududdagi konlardan birida tunnel qulab tushgan va 70 dan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan edi. Mutaxassislar noqonuniy konchilik bilan bog‘liq xavfsizlik choralarining yetishmasligi tufayli bunday fojialar takrorlanib turishini ta’kidlamoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan to'rt kishi qamaldi.

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

BAAda jangni videoga olgan ikki kishi ham olti oyga qamalib, 300 ming dirhamdan jarimaga tortildi.

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Husiylar Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti va Sharqiy-G‘arbiy neft quvuridagi nasos stansiyasiga ham hujum qilganini da’vo qilmoqda.

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Ayol 1-noyabr kuni ishga ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.