O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt shahriga yetib bordi

Bugun O‘zbekiston Prezidenti va Kuvayt Amiri oliy darajada muzokara o‘tkazadi.

Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt shahriga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal as-Sabohning taklifiga binoan 17 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

 

Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Amir Shayx Mishʼal as-Saboh, Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

 

O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat bayroqlari ko‘tarildi, ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

 

Prezidentimiz faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar aʼzolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.

 

Aeroportning Amir terminalida yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.

 

Bugun O‘zbekiston Prezidenti va Kuvayt Amiri oliy darajada muzokara o‘tkazadilar. Sammit kun tartibidan O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya-moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

 

Tadbirlar yakunida qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt shahriga yetib bordi | Zamon.uz