Toshkentda havo sifati yana yomonlashdi
U meʼyordan 12 barobar ortgan.

Poytaxtdagi havo sifati zararli deb baholanmoqda.
17 fevral holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi meʼyordan 12 barobarga oshgan. Maʼlumotlar IQAir portalida keltirilgan.
Soat 09:05 da O‘zbekiston poytaxtidagi monitoring stansiyasi 154 AQI natijasini ko‘rsatdi. PM2.5 konsentratsiyasi JSST tomonidan tavsiya etilgan havo sifatining o‘rtacha yillik qiymatidan 12 baravar yuqori.






