O'zbekiston

Noqonuniy “Haj” va “Umra” safarlari fosh etildi

Rasmiy litsenziyasiz ziyorat tashkil etmoqchi bo‘lganlar jazolanadi.

Noqonuniy “Haj” va “Umra” safarlari fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolarni noqonuniy ravishda “Haj” va “Umra” ziyoratlariga yuborishga uringan bir nechta shaxslarning faoliyati fosh etildi.

 

Tezkor tadbir davomida 1969-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Baliqchi tumanida istiqomat qiluvchi shaxs, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uning ota-onasini joriy yilgi “Haj” ziyoratiga jo‘natish evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilgani va ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida ushlanganligi aniqlandi. Ushbu shaxs ziyorat safarlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan rasmiy litsenziyaga ega bo‘lmagan.

 

Shuningdek, Namangan shahrida faoliyat yurituvchi turistik firmalardan birida ishlovchi, 1981-yilda tug‘ilgan shaxs ikki nafar fuqaroning “Haj” ziyoratiga borishini tashkil qilish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Xorazm viloyati, Gurlan tumanida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan fuqaro Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida yashovchi uch nafar fuqaro uchun Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi, lekin ziyorat safarlarini tashkil qilish huquqiga ega bo‘lmagan firma orqali “Umra” ziyoratini uyushtirishga va’da bergan. U bu xizmat evaziga 3450 AQSh dollari talab qilib, ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo'lga olingan.

 

Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshloq tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro rasmiy vakolatga ega bo‘lmagan holda “Umra” ziyoratini tashkil qilish bahonasida Qo‘shtepa tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro uchun viza rasmiylashtirib berish evaziga 2400 AQSh dollari olayotganida qo‘lga olindi.

 

Quva tumanida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan fuqaro Telegram messenjerida o‘zining ziyorat safarlarini tashkil qiluvchi firma borligini aytib, ikki nafar fuqaro uchun “Umra” vizasini rasmiylashtirish bahonasida 3100 AQSh dollari talab qilgan. U ushbu mablag‘ning 1800 AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.

 

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan tegishli jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Fuqarolarga, “Haj” va “Umra” ziyoratlarini faqatgina rasmiy tartibda vakolatli tashkilotlar orqali amalga oshirish tavsiya etiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Noqonuniy “Haj” va “Umra” safarlari fosh etildi | Zamon.uz