Toshkent aeroportida taglikka yashirilgan dorilar aniqlandi
U Dehlidan qaytayotgan yo‘lovchining yuklari orasidan chiqqan.

“Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan joriy yilning 15 fevral sanasida Dehlidan Toshkentga uchib kelgan hamda yashil yo‘lak orqali harakatlangan fuqaroning yuklari tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Shundan so‘ng yuklarining orasida bolalar tagligi ichiga yashirilgan 303 dona har xil turdagi va nomdagi dori vositalari borligi aniqlangan.






