O'zbekiston

Toshkentda yirik tibbiy dastur tashkil etilmoqda

Qariyb 100 nafar bola Qirol Salmon yordamida bepul operatsiya qilinadi.

Toshkentda yirik tibbiy dastur tashkil etilmoqda

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qirol Salmon gumanitar yordam markazi hamda Islom olami ligasi ko‘magida yirik tibbiy dastur tashkil etmoqda.

 

Unga ko‘ra, 200 nafarga yaqin tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, qariyb 100 nafarida xayriya jarrohlik amaliyotlari bajariladi.

 

Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan 30 nafar malakali shifokor 7 kun davomida ochiq va endovaskulyar operatsiyalarni amalga oshiradi.

 

Mazkur tashabbus yuqori texnologiyali jarrohlik yordamiga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun ulkan imkoniyat yaratishi bilan birga, mahalliy mutaxassislarning xalqaro tajribani o‘rganishi va o‘z malakasini oshirishiga xizmat qiladi.

 

Maʼlumot uchun: bu ikkinchi tibbiy dastur bo‘lib, birinchisi o‘tgan yili o‘tkazilgan va 100 nafarga yaqin kattalarda jarrohlik amaliyotlari bajarilgan.

 

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu tashabbus tafsilotlari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.