O'zbekiston

Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘ndi

Parvoz davomida yo‘lovchida takroriy infarkt sodir bo‘lgan.

Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘ndi

Maʼlum qilinishicha, UZS4003 Toshkent – Jidda reysi bortda yuzaga kelgan favqulodda tibbiy holat sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqida “Air Samarkand” aviakompaniyasi xabar qildi.  

 

Parvoz davomida 75 yoshli yo‘lovchida takroriy infarkt sodir bo‘lgan. Samolyot bortida bo‘lgan shifokor bemorning hayoti xavf ostida ekanligini tasdiqladi.  

 

Havo kemasi komandiri Talanov Roman Igorevich boshchiligidagi Air Samarkand ekipaji tezkor qaror qabul qilib, bemorga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bahraynga favqulodda qo‘nishga qaror qildi. 

 

Bort kuzatuvchilari shifokor bilan birgalikda bortdagi tibbiy qutilar va uskunalar yordamida bemorga birinchi yordam ko‘rsatdi. Aeroportda bemor barqaror holatda tez yordam brigadasiga topshirilgan.  

 

Maʼlumot o‘rnida, reys taxminan 1 soat kechikish bilan Jiddaga davom etadi.

custom img

O‘zbekistonda elektr iste’moli bir kunda 267 mln kVt soatga yetib, rekord qayd etildi

Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 20,9 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

custom img

Yoshlar – yangi g‘oyalar manbai: yosh jurnalistlar bilan ochiq suhbat

"Yoshlar kuni” doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyatining yosh jurnalistlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

custom img

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisining o‘limi yuzasidan 5 kishi qamoqqa olindi

Jabrlanuvchi pichoqlanish oqibatida vafot etgan.

custom img

Toshkentda yo'l o'pirilib tushdi

Voqea joyiga bosh vazir o'rinbosari O. Ramatov va poytaxt hokimi yetib keldi, deya xabar bermoqda Zamon.uz muxbiri.

custom img

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

Elektr, gaz va issiqlik tarmoqlariga noqonuniy ulanish uchun jarimalar oshiriladi, ayrim holatlarda ma’muriy qamoq jazosi ham qo‘llaniladi.

custom img

Toshkent va Andijonda sintetik narkotik modda hamda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar tarqalishining oldi olindi

Qariyb 5 kg sintetik narkotik va 10 ming donaga yaqin kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasi to‘xtatib qolindi.

custom img

Toshkent viloyatida narkotik moddalarni sotishga uringan shaxslar hibsga olindi

Operatsiyalar natijasida 1 kg “gashish” va 1883 dona kuchli ta’sir qiluvchi preparat musodara qilindi.

custom img

Qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Bahrayn va AQShdan qaytarildi

Ulardan biri firibgarlikda, ikkinchisi oʻta yirik miqdordagi oʻgʻirlikda gumonlanib xalqaro qidiruvga berilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"