O‘zbekiston — Surinam o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
Bu bo‘yicha Nyu-Yorkda bitim imzolandi.

21 fevral kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Surinam o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma bitim imzolandi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Surinamning BMTdagi doimiy vakili Sunil Algram Sitaldin imzoladi. Surinam O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan 158-davlat bo‘ldi.







