Titanikning Oltin qandili muzeyda namoyish etilmoqda
U 75 yil davomida Atlantika okeanining tubida qolgan.

Titanik kemasining chekish xonasidan olingan 9 kilogrammlik tilla qandil AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi muzeyda namoyish etildi. U 75 yil davomida Atlantika okeanining tubida qolib, 1987 yilda quruqlikka chiqarilgan. Mutaxassislarning aytishicha, birinchi darajali chiqish zalini bezagan buyum yaxshi saqlangan.
Ko‘rgazmada Titanikdan topilgan 250 ga yaqin artefakt namoyish etilmoqda. Tashrif buyuruvchilar o‘zlarini Titanik yo‘lovchilaridek his qilishlari, kemaning qurilishidan cho‘kishigacha bo‘lgan yo‘lini kuzatishlari mumkin. Muzey hatto fojia kuni bo‘lgan sovuqni his qilish uchun maxsus xonalar yaratgan va tashrif buyuruvchilarga sunʼiy aysbergga tegish imkoniyati ham taqdim etgan.
Ko‘rgazma avval Bostonda namoyish etilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 35 million kishi tomosha qilgan. Nyu-Jersida esa 1 sentyabrgacha davom etadi.







