Toshkent viloyatida gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar fosh bo‘ldi
Keltirilgan zarar salkam 2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xususan, Zangiota tumani “Istiqlol” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro K. B. o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan oldin o‘zboshimchalik bilan ulanib, 4 dona nostandart yondirgich orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum bo‘ldi. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 684 million so‘mlik zarar hisoblandi.
Yana bir holat Qibray tumanida qayd etildi. Tumanning “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T. R. xonadonida issiqxona tashkil qilib, hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum bo‘ldi. Noqonuniy sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 291 million 926 ming so‘mlik zarar aniqlandi.
Noqonuniy holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.







