Iqtisodiyot

O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi keskin qisqardi

Bunga Piskentdagi sinov poligonining ishga tushirilishi sabab bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi keskin qisqardi

 

O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi joriy yilning yanvar oyida 5,6 baravarga kamaydi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lumot berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oy davomida mamlakatga umumiy qiymati 31 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 796 dona yengil avtomobil import qilingan. Shundan:

 

1 159 donasi (21,6 mln dollar) benzinda harakatlanuvchi transport vositalari;

613 donasi elektromobillar (8,4 mln dollar);

24 donasi gibrid avtomobillar (950 ming dollar).

Taqqoslash uchun, 2024-yil yanvar oyida mamlakatga 221,4 million dollarlik 10 152 dona yengil avtomobil import qilingan edi. Shundan:

7 810 donasi benzinda harakatlanuvchi (157,4 mln dollar);

1 584 donasi elektromobil (44,2 mln dollar);

750 donasi gibrid transport vositalari (15,5 mln dollar).

2024-yil davomida esa jami 1,27 milliard dollarlik 74 505 dona avtomobil import qilingan bo‘lib, shundan:

17 480 donasi gibrid avtomobillar (339,3 mln dollar);

24 091 donasi elektromobil (224,7 mln dollar).

Taqqoslash uchun, 2023-yilda avtomobil importi bundan ham yuqori bo‘lgan – mamlakatga 1,9 milliard dollarlik 80 235 dona yengil avtomobil keltirilgan.

 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, O‘zbekistonga avtomobil importining keskin kamayishiga Piskent tumanidagi sinov poligonining ishga tushirilishi sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur poligonning o‘tkazish quvvati import hajmining avvalgidek yuqori bo‘lishiga yetarli emas. Bu esa avtomobillarni mamlakatga olib kirish jarayonini murakkablashtirib, transport vositalari narxining oshishiga olib kelishi kutilmoqda.

 

2024-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekistonga import qilinadigan transport vositalari Piskent sinov poligonida texnik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Rasmiylar bu choraning maqsadi harakat xavfsizligini oshirish va mamlakatga kirayotgan avtomobillarning sifatini yaxshilash ekanini ta’kidlamoqda.

 

Yanvar oyida texnik sinovdan o‘tish shartlari yanada kuchaytirilib, bu import hajmining tez sur’atda pasayishiga sabab bo‘ldi. May oyidan esa qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi kutilayotgan bo‘lib, bu avtomobil importini yanada qisqartirishi mumkin. Natijada, avtomobil bozorida allaqachon pasaygan talab fonida narxlar oshishi ehtimoli yuqori, deya qayd etadi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.

 

Avvalroq BYD Uzbekistan Factory qo‘shma korxonasi hukumatdan elektromobillar importini tartibga solishni so‘ragandi. Biroq jamoatchilik vakillari bunday cheklovlar ichki bozorda raqobatni yo‘q qilishidan xavotir bildirgan. Ayrim iqtisodchilar fikricha, O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodlarining ochilishi narxlarning pasayishiga olib kelmasligi mumkin, chunki cheklovlar import hajmini yanada qisqartiradi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi keskin qisqardi | Zamon.uz