Samarqandda 19 yoshli talaba joniga qasd qildi
U o‘zini 9-qavatli binodan tashlab yuborgan.

Ijtimoiy tarmoqda Samarqandda 19 yoshli talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qilgani aytilgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 19 fevral kuni soat 17:00 atrofida 2005 yilda tug‘ilgan S.M. Samarqand shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonning derazasidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilgan.
Hodisa joyi tergov tezkor guruhi tomonidan tomonidan ko‘zdan kechirilib, S.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







