Jahon

Yaponiyada 5 metr qalinlikda qor yog‘di

Noqulay ob-havo sabab vafot etganlar bor.

Yaponiyada 5 metr qalinlikda qor yog‘di

Dushanba kuni ertalab soat 5 holatiga ko‘ra, Aomori prefekturasining Sukayu tumanida qor qalinligi 5,01 metrga, Niigata prefekturasining Uonuma shahrida 3,84 metrga, Yamagata prefekturasining Okura qishlog‘ida 3,32 metrga va Fukui prefekturasining Ono shahrida esa 1,24 metrga yetdi.

 

Noqulay ob-havo oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Xonsyu orolining g‘arbiy qirg‘og‘ida qor qoplamining balandligi 4 metrga yetdi. Mamlakatning bir qator hududlarida yog‘ingarchilik miqdori meʼyordan ortib ketdi.

 

Odatda juda kam yog‘adigan hududlarda, xususan, Kinki mintaqasining markaziy qismida va Sikoku mintaqasining pastqam joylarida kuchli qor yog‘ishini kutish mumkin.

 

Prognozga ko‘ra, seshanba kuni ertalabgacha 24 soat ichida Niigata prefekturasi, shuningdek, Xokuriku va Tyugoku hududlarida 30 santimetrgacha qor yog‘ishi mumkin.

 

Ob-havo boshqarmasi vakillari aholini transportda uzilishlar bo‘lishi, qor ko‘chishi, elektr taʼminoti to‘xtashi va to‘planib qolgan qor tufayli daraxtlar qulashi kabi holatlarga tayyor turishga chaqirmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Ushbu chora Kaliningrad viloyatini transport blokadasidan himoya qilish va uning uzluksiz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Armaniston bosh vaziri referendum natijasiga qarab iste’foga chiqishi yoki tinchlik jarayonini yakunlash ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

AQSh prezidenti hujumlar kuchayganini AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongani bilan bog‘ladi.