Endi gen terapiyasida ko'rish qobiliyatini tiklash mumkin
Shu usul orqali 4 nafar muvafaqqiyatli davolandi.

Londonda olimlar kam uchraydigan Leber tug‘ma amavrozi kasalligiga chalingan to‘rt nafar bolada ko‘rlikni davolashga muvaffaq bo‘ldi. Endi ular shakllarni ko‘ra oladi, o‘yinchoqlarni topa oladi. Ular hatto o‘qish va yozishni ham o‘rganmoqda.
Moorfields shifoxonasi va UCL olimlari bolalarning ko‘z to‘r pardasiga AIPL1 genini kiritdi. Bu gen fotoretseptor hujayralarni faollashtirib, ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam beradi.
Operatsiya 2020-yilda Buyuk Ormond shifoxonasida o‘tkazildi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, ilgari faqat yorug‘lik va qorong‘ilikni ajrata olgan bolalar hozir hatto o‘qishga ham qodir.
Ushbu terapiya Buyuk Britaniyaning MHRA regulyatori tomonidan maxsus litsenziya asosida amalga oshirildi va yana yetti nafar bola shunday davolanmoqda. Bu esa tug‘ma ko‘rlikka qarshi kurashda yangi davr boshlanishidan dalolat beradi.







