O'zbekiston

Prezident Sirdaryoni rivojlantirish bo’yicha rejalar bilan tanishdi

Viloyatga joriy yilda 2 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi.

Prezident Sirdaryoni rivojlantirish bo’yicha rejalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, ish o‘rinlari va investitsiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha 2025 yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Keyingi yillarda Sirdaryoda energetika, qurilish, tadbirkorlik birmuncha rivojlandi. O‘tgan yili davlatimiz rahbarining Sayxunobod tumaniga tashrifi chog‘ida tomorqachilik va kichik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tajriba yaratildi.

 

Lekin tashabbuskorlik kamligi uchun sanoat, savdo va xizmatlar rivojlanishdan orqada qolib ketayapti. Xususan, Sirdaryoda xizmat ko‘rsatish sohasining respublikadagi ulushi eng past. Kambag‘allik darajasi 11 foizdan ko‘p. 22 ming nafar fuqaro ishsiz.

 

Bugun dunyoda iqtisodiy shart-sharoitlar tez o‘zgarmoqda. Bunday vaziyatda izlanib, o‘rganib, ichki imkoniyatlarni to‘la ishga solgan hudud yutadi.

 

Shu maqsadda Sirdaryo viloyatida investitsiyalarni ko‘paytirib, sanoat va biznes-muhitni yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, viloyatning tranzit salohiyatidan unumli foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

 

Masalan, qariyb 900 gektar yer maydonida sanoat zonalari tashkil qilinishi mo‘ljallangan. Bu 5 milliard dollar investitsiyaga va 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rniga zamin bo‘ladi. Loyihalar Sirdaryo, Shirin, Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Guliston, Oqoltin va Sardobada joylashadi.

 

Viloyat geografik jihatdan O‘zbekistonning markaziy qismida, bir nechta xalqaro avtomagistral kesishmasida joylashgan bo‘lib, bir kecha-kunduzda 311 mingta transport vositalari o‘tadi. Shunga ko‘ra, tadbirkorlar bu yo‘llar bo‘yida yuzlab savdo shoxobchalari ochishga tayyorligini bildirgan.

 

Shu kabi 500 ming kvadrat metr savdo-servis maydoni tashkil etib, 50 ming odamning bandligini taʼminlash imkoniyati bor.

 

Yer-suvi mo‘l bu hududda paxta, sholi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish uchun katta salohiyat bor. Shu bois kartoshka, piyoz, maymunjon, qorag‘at va olcha maydonlari kengaytiriladi. Tomorqa, dala va kanallar chetidagi 38 ming gektarga qayta ishlovchi va eksportchilar biriktiriladi.

 

8 ta tumandagi past rentabelli 25 ming gektar yer sholi yetishtirishga o‘tkaziladi. Sholichilik korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun mahsulotning 50 foizini eksport qilishga ruxsat beriladi.

 

Viloyatda mingdan ziyod xonadonning qurilganiga ellik yildan oshgan. Renovatsiya dasturi asosida, ularning o‘rnida 15 ming xonadonli zamonaviy uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan. Bu borada Marg‘ilon shahri, Do‘stlik tumanidagi ijobiy tajribalar o‘rganiladi.

 

Yangi xonadonlar arzon bo‘lishi uchun developerlarga soliq, bojxona imtiyozlari beriladi. Shuningdek, viloyatdagi yo‘l, elektr, uy-joy, irrigatsiya, bog‘cha, maktab va boshqa ijtimoiy obyektlarni yangilashga 100 million dollar yo‘naltiriladi.

 

Guliston shahrini uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlashga zarur mablag‘ ajratish va bu ishlarni 2025 yil 1 iyulga qadar yakunlash topshirildi. Shuningdek, Guliston va Shirin shaharlarda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida ularning hududini kengaytirish taklifi maʼqullandi.

 

Umuman, bunday imkoniyatlar evaziga joriy yilda 2 milliard dollar investitsiya jalb etib, eksportni 500 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Buning natijasida 16 mingdan ziyod yangi ish o‘rni ochilishi, kambag‘allik darajasi 7,4 foizga tushishi qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.