Jahon

Koreyalik qiz dissertatsiyasini ko'zlari orqali yozdi

U har bir so‘zni harfma-harf terib chiqqan.

Koreyalik qiz dissertatsiyasini ko'zlari orqali yozdi

 

Janubiy Koreyalik Jang Ik-Sun – qat’iyat va irodasi bilan ilhom beruvchi inson. Mushak distrofiyasi tufayli deyarli butunlay falaj bo‘lsa-da, u hayot sinovlariga taslim bo‘lmadi va o‘z orzulari sari intilishda davom etdi. Jang faqat ko‘z harakatlari va nutqi orqali muloqot qila olsa ham, dissertatsiyasini harfma-harf yozib, magistrlik darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Jangga besh yoshida mushaklar zaiflashib, harakat qobiliyatini yo‘qotishga olib keluvchi davolab bo‘lmaydigan kasallik tashxisi qo‘yilgan. Biroq u ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqini yo‘qotmadi. O‘rta maktab imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirganidan so‘ng, Gvangju universitetining Ijtimoiy farovonlik fakultetida tahsil oldi. 2019-yilda magistratura dasturiga o‘qishga kirib, nihoyat, 2024-yil 21-fevral kuni rasmiy ravishda magistr darajasini qo‘lga kiritdi. Uning intilishi va fidoyiligi e’tirof etilib, akademik mukofot bilan taqdirlandi.

 

Jang uchun ta’lim olish doimiy kurash edi. Qo‘lda yozish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani sababli, kerakli adabiyotlarni o‘zi skanerlab, raqamlashtirishga majbur bo‘ldi. U har bir kitobni sahifama-sahifa skanerlash o‘ta mashaqqatli bo‘lganini tan oldi, ammo bu uning yagona yo‘li edi. Eslatmalar olish imkoni yo‘qligi esa unga ma’lumotlarni yodlab qolishda qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirardi.

 

Eng katta sinov esa dissertatsiyani yozishda bo‘ldi. Jang ko‘z harakatlarini kursor buyruqlariga aylantiruvchi maxsus texnologiya yordamida har bir so‘zni harfma-harf terib yozdi. Uning tadqiqoti mushak kasalliklariga chalingan insonlarning yashash huquqiga bag‘ishlanib, yetarli parvarish ko‘rsatilmasligi oqibatidagi xavflarni ochib berdi. Jang sun’iy nafas olish apparatiga ulangan bemorlarning bir muddat yolg‘iz qoldirilishi hayot uchun xavfli ekanligini ta’kidladi va Janubiy Koreya hukumatining og‘ir nogironligi bor shaxslarga kuniga atigi olti soatlik parvarish yordamini ajratishini keskin tanqid qildi.

 

Akademik faoliyatidan tashqari, u “Ik-sun Jang, 10 million marta ko‘zini yumib ochgan odam” (@eyegamer1) nomli YouTube kanalini yuritib, jamiyatda mushak distrofiyasi bilan yashovchi insonlarning muammolariga e’tibor qaratishga harakat qilmoqda.

 

“Biz kabi bemorlar jamiyat uchun go‘yo ko‘rinmasdek. Men ularni soyadan yorug‘likka olib kelmoqchiman”, deydi u.

Jang Ik-Sunning so‘zlari har bir kishiga ilhom baxsh etadi: “Muvaffaqiyatsizlik – mag‘lubiyat emas, agar taslim bo‘lmasangiz. Har kim imkoniyatga loyiq.”

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"