O'zbekiston

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Toshkent avtobuslaridagi qoraytirilgan oynalar va ishlamayotgan elektron tablolar yuzasidan e’tirozlar bildirilgan edi.

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

“Toshshahartransxizmat” AJ Toshkentdagi avtobuslar oynalarining qoraytirilgani va ayrim transport vositalarida bekatlar nomini ko‘rsatuvchi elektron tablolar ishlamayotgani yuzasidan bildirilgan tanqidiy murojaatga munosabat bildirdi.

 

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, avtobus oynalarini qoraytirishdan asosiy maqsad yozda yo‘lovchilarni quyosh nurlaridan himoya qilish, salonning ortiqcha qizib ketishining oldini olish hamda konditsioner samaradorligini oshirishdan iborat.

 

Qayd etilishicha, bu yechim avtobus salonida mo‘tadil haroratni saqlash va salqinlikni uzoqroq ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, kechki payt va bulutli ob-havoda qoraytirilgan oynalar yo‘lovchilarga tashqarini kuzatishda noqulaylik tug‘dirishi mumkinligi ham tan olingan.

 

Shuningdek, kompaniya avtobus salonlaridagi elektron axborot tablolarining ishlash holati muntazam nazorat qilinishini bildirdi. Aniqlangan texnik nosozliklarni bartaraf etish va qurilmalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

 

“Toshshahartransxizmat” AJ jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar transport xizmatlari sifatini yaxshilashda inobatga olinishini ma’lum qildi.

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

21-noyabr kuni ertalab AQI bo‘yicha “o‘rtacha” daraja qayd etilishi kutilmoqda.

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Go‘shtning iste’molga yaroqliligi yuzasidan laboratoriya tekshiruvi o‘tkaziladi.

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Prezident 31 ta loyiha institutining faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, ularga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yechimlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

Birja savdolariga chiqarilgan benzindan yuqori oktanli benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Kumushkonda “Oltin bel” majmuasi barpo etildi: 600 ta ish o‘rni yaratildi

Kumushkonda “Oltin bel” majmuasi barpo etildi: 600 ta ish o‘rni yaratildi

Majmua bir vaqtning o‘zida 6 ming nafargacha mehmonlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Gavjumlikni kamaytirish uchun Chilonzor bekati o‘rniga «Mirzo Ulug‘bek», Xalqlar do‘stligi bekati o‘rniga esa «Milliy bog‘» bekatidan foydalanish tavsiya etilmoqda.

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

Eng yuqori natija Samarqand davlat chet tillar instituti bitiruvchilarida qayd etildi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: bugun “yashil” daraja kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: bugun “yashil” daraja kutilmoqda

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.