Jahon

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Rahbarlar yakunda OAV uchun qo‘shma bayonot bermagan.

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

 

Xitoyning Shenchjen shahrida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida Rossiya, AQSh va Xitoy prezidentlari Vladimir Putin, Donald Tramp hamda Si Szinpin o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Qilin Shanzhuang mehmonxona majmuasida o‘tkazilgan muzokaralar bir yarim soat davom etdi.

 

Uchrashuv yakunida uch davlat rahbari ommaviy axborot vositalari uchun qo‘shma bayonot bermasdan tadbir joyini tark etgan.

 

Muzokaralar oldidan bo‘lib o‘tgan ochiq qismda Si Szinpin uchrashuvni o‘ziga xos sammit deb atab, uning asosiy maqsadi yirik davlatlar o‘rtasida tinchlik va strategik barqarorlikni saqlash ekanini ta’kidlagan. Uning fikricha, Rossiya, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik xalqaro xavfsizlik uchun alohida ahamiyatga ega.

 

Vladimir Putin ham uch davlatning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi umumiy mas’uliyatini qayd etgan. U muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan masalalar qatorida global va mintaqaviy iqtisodiy aloqalar, oziq-ovqat hamda energetika xavfsizligini sanab o‘tdi. Shuningdek, Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasida ham uch davlatning umumiy manfaatlari borligini bildirgan.

 

Donald Tramp esa rahbarlar muhokama qilishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘pligini aytib, uchrashuv tarixiy ahamiyat kasb etishiga umid bildirgan. AQSh prezidenti hamkorlik yo‘nalishlari sifatida yadroviy arsenallarni qisqartirish va yadroviy qurollar tarqalishining oldini olishni tilga olgan. Shuningdek, Ukrainadagi mojaro yuzasidan Putin bilan avvalgi muzokaralarini eslatib, tomonlar to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanayotganini aytgan.

 

Uchrashuvdan bir kun oldin Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov muzokaralar uchun bir soatdan ortiq vaqt ajratilmaganini bildirgan edi. Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov esa suhbat davomiyligi rahbarlarning muhokamaga qanchalik berilishiga bog‘liqligini ta’kidlagan.

 

Avvalroq Rossiya, AQSh va Xitoy tomonlari sammit yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot tayyorlash ustida ishlagani xabar qilingan edi. Biroq yakunda bunday hujjat e’lon qilinmadi. Ushakovning aytishicha, har bir rahbar muzokaralar natijalariga o‘z bahosini berishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Shenchjendagi uchrashuvdan avval 10–11-noyabr kunlari Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSh delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Unda Moskva va Kiyev o‘rtasida yangi keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsiyani davlatga bo‘lgan ishonchni pasaytiruvchi va mamlakat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi omil ekanligi ta'kidlandi.

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

Isroil AQShdan Eronga 4–7 kunlik havo hujumlarida ishtirok etishni so‘ramoqda.

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilgach, o‘z missiyasini bajarilgan deb hisoblashini aytdi.

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

Tabiiy ofatlar global iqtisodiyotga 4,7 trillion dollar zarar yetkazgan.

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Sankt-Peterburgda migrantlar patenti uchun mintaqaviy koeffitsient 3,05 gacha oshiriladi.

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Ukraina zarbalar Rossiya armiyasini yoqilg‘i bilan ta’minlaydigan korxonalarga qaratilganini bildirdi. Rossiyaning Odessaga hujumi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.

Yamanda janglar kuchaydi: Saudiya koalitsiyasi husiylarning 60 ta obyektiga zarba berdi

Yamanda janglar kuchaydi: Saudiya koalitsiyasi husiylarning 60 ta obyektiga zarba berdi

Mamlakatning Taiz viloyatida hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasida shiddatli janglar davom etmoqda.

Tailandda toza suv muammosi: bunga Myanmadagi konlar sabab bo‘lmoqda

Tailandda toza suv muammosi: bunga Myanmadagi konlar sabab bo‘lmoqda

Tailandning Myanma bilan chegaradosh hududida suv manbalarida mishyak miqdori belgilangan me’yordan 25–30 baravar yuqori ekani aniqlandi.