O'zbekiston

Yangiyo‘lda ishchining halok bo‘lishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

Korxona rahbari 2 yilga qamaldi.

Yangiyo‘lda ishchining halok bo‘lishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi “Kavsar Madad” xususiy korxonasida sodir bo‘lgan ishchi o‘limi bilan bog‘liq hodisa bo‘yicha sud hukmi chiqarildi. 2024-yil 8-iyun kuni korxona ishchisi Xitoydan olib kelingan yuk ko‘tarish mexanizmini o‘rnatish jarayonida temir konstruktsiya boshiga tushishi natijasida vafot etgan.

 

Dastlabki tergovda hodisa baxtsiz tasodif sifatida baholangan bo‘lsa-da, marhumning yaqinlari holatni qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan. Natijada, tergov davomida korxona rahbari ishchilar xavfsizligini ta’minlamagani uchun aybdor deb topildi.

 

Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, zavod rahbari marhumning oilasiga moddiy yordam va’da qilgan, biroq keyinchalik bu majburiyatlarini bajarmagan. Guvohlarning ko‘rsatmalari qayta o‘rganilgach, voqea mehnat xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida sodir bo‘lgani aniqlandi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, “Kavsar Madad” xususiy korxonasi rahbari Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish natijasida odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan aybdor deb topildi. Unga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda bir yil davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini cheklash jazosi tayinlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Yangiyo‘lda ishchining halok bo‘lishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi | Zamon.uz