O'zbekiston

2025 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori eʼlon qilindi

Musulmonlar idorasi bu bo‘yicha qaror chiqardi.

2025 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori eʼlon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2025 / hijriy 1446 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

 

Zakot nisobi: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 200 000 (oltmish bir million ikki yuz ming) so‘m deb belgiladi.

 

Shunga ko‘ra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 200 000 (oltmish bir million ikki yuz ming) so‘m qiymatidagi pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

 

Fitr sadaqasi miqdori:

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

 

— 2 kg bug‘doy unidan – 10 000 (o‘n ming) so‘m;
— 4 kg arpadan – 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
— 2 kg mayizdan – 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;
— 4 kg xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

 

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

 

Fidya miqdori: Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.

 

Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.