O'zbekiston

“Markazning ulug‘vorligi va go‘zalligidan hayratga tushdim”

Italiyalik olim Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

“Markazning ulug‘vorligi va go‘zalligidan hayratga tushdim”

Italiyalik mashhur olim Leonardo da Vinchi merosi bo‘yicha taniqli mutaxassis, dizayner, raqamli sanʼat ustasi Mario Teddi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

 

Mehmon Islom sivilizatsiyasi markazining ulug‘vorligidan hayratda qoldi.

 

“Italiyadagi uchrashuvimiz chog‘ida Islom sivilizatsiyasi markazi direktori meni O‘zbekistonga taklif qildi. Men Markaz haqida tasavvurga ega edim, lekin uni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, ulug‘vorligi va go‘zalligidan hayratga tushdim. Ayniqsa, meʼmoriy uslub, interyer dizayni, noyob ravoqlar va badiiy bezaklar uni islom sivilizatsiyasi tarixidagi eng buyuk madaniy loyihalardan biriga aylantiradi. Ishonchim komilki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi ushbu loyiha jahon miqyosidagi o‘xshashi yo‘q megaloyihaga aylanadi”, — dedi italiyalik olim.

 

Maʼlumot uchun, Mario Teddi multimedia va muzey taʼlimi bo‘yicha yetakchi mutaxassis bo‘lib, Milandagi Leonardo da Vinchi fan va texnologiya muzeylari loyihalari bilan tanilgan. Bundan tashqari, dasturlash, 3D grafikalar, videoo‘yinlar, virtual reallik va multimedia ilovalari yaratish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirgan. U Leonardo da Vinchi merosi, qadimiy texnologiyalar va ularning zamonaviylikka taʼsiri bo‘yicha taniqli tadqiqotchi hisoblanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Markazning ulug‘vorligi va go‘zalligidan hayratga tushdim” | Zamon.uz