Buxoroda noqonuniy mayning ferma fosh etildi
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurash davom etmoqda. Shu doirada Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida noqonuniy mayning faoliyati aniqlangan.
Tekshiruv davomida fuqaro Sh.S.ga tegishli noturar binoda 22 dona “Antminer L3+” rusumli mayning qurilmalari mavjudligi aniqlangan. Natijada 2,1 milliard so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy sarflangan.
Bundan tashqari, bino ichida elektr tarmog‘idan uzilgan 4 dona “Whatspower P21” va 28 dona nosoz “Antminer L3+” qurilmalari ham borligi aniqlangan va ular belgilangan tartibda musodara qilingan.







