Toshkentda fuqaro gaz portlatib joniga qasd qildi
Hozirda hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portlashi yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa tafsilotlarini e’lon qildi.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:29 da yetib borishgan. Ma’lum bo‘lishicha, 9-qavatdagi xonadonda gaz chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in soat 16:07 da o‘chirilgan.
Qutqaruvchilar olti nafar fuqaro hayotini saqlab qolib, ularni tez tibbiy yordam xizmatiga topshirishgan. Hozirda jabrlanganlarning ahvoli o‘rganilmoqda.
Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, yong‘in xonadon egasining gaz plitasini yoqib o‘z joniga qasd qilishga uringani natijasida yuzaga kelgan. Gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng fuqaro 9-qavatdan pastga sakrab joniga qasd qilgan.







