O'zbekiston

Toshkentda pora olgan IIB tergovchisi qamaldi

U fuqaro pulni rahmat sifatida berganini aytgan.

Toshkentda pora olgan IIB tergovchisi qamaldi

Toshkent shahrida tergovchi jinoiy jazoga tortildi. U huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda pora bilan ushlangan.

 

Cud hujjatida keltirilishicha, 1998 yilda tug‘ilgan N.H. Bektemir tuman IIO FMB tergovchisi lavozimida ishlab kelgan. U 2024 yil 17 sentyabr kuni ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan fuqarodan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 500 dollar olganda ushlangan.

 

N.H. sudda aybiga umuman iqrorlik bildirmagan va o‘ziga nisbatan oqlov hukmi chiqarishni so‘ragan.

 

“Gumonlanuvchiga Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan ayblov eʼlon qilib, unga nisbatan garov ehtiyot chorasini tanlaganligi haqida qarordan bir nusxa berdim. U ishini qonun doirasida tez ko‘rib berganim uchun rahmat sifatida 500 dollar berib ketishini aytdi. Unga o‘z ishimni qilganimni, buning uchun pul kerakmasligini, dastlab garov pulini to‘lashini, agar xohlasa sud hukmi o‘qilganidan so‘ng kelib rahmat aytib ketsa bo‘laverishini bildirdim”, degan u o‘z ko‘rsatmasida.

 

Tergovchi pulni o‘zining xizmat xonasida olgan.

 

“Nusxa olish uchun fuqarolik pasportini berdi. Pasportning chetidan pullar chiqib turganligini ko‘rib, rahmat sifatida bermoqchi bo‘lgan pullarini olib kelganligini bildim. Undan pasportni olib, ichidagi pullarni stolning yonidagi tumbaga to‘kdim. U rahmat sifatida bergani uchun pullarni oldim. Agar pullarni pora tariqasida berayotgan bo‘lsa kerakmasligini bir necha marotaba aytib o‘tdim”, degan N.H. ko‘rsatmasida.

 

Tergovchining aybi guvohlarning ko‘rsatmalari, sud-kimyoviy ekspertiza xulosasi va boshqa dalillar bilan o‘z isbotini topgan, deb hisoblangan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining hukmi bilan N.H. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil IIV tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda pora olgan IIB tergovchisi qamaldi | Zamon.uz