Gruziya Bosh vaziri Toshkentga keldi
Yuqori martabali mehmonni Abdulla Aripov kutib olgan.

Bugun, 4 mart kuni Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgani haqida avval xabar qilingan edi.







