Buxoroda yigit oshqozonidan metall buyumlar olib tashlandi
20 yoshli yigit oshqozonidan 5 ta to‘g‘nog‘ich va 6 ta mix topilgan.

Buxoro viloyatida 20 yoshli yigit oshqozon va 12 barmoqli ichagida bo'ladigan og'riq sababli shifokorlarga murojaat qilgan. Shoshilinch tibbiy tekshiruv natijasida bemor tanasida 5 ta to‘g‘nog‘ich va 6 ta mix borligi aniqlangan.
RShTYoIM Buxoro filiali mutaxassislari tomonidan bemorga endoskopik amaliyot muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Xirurg-endoskopist A. Haydarov maxsus asboblar yordamida barcha yot jismlarni xavfsiz tarzda chiqarib oldi.
Aniqlanishicha, bemor psixiatr nazoratida bo‘lib, ikki kun oldin ushbu jismlarni yutganini tan olgan. Hozirda uning ahvoli yaxshilanmoqda.
Mutaxassislarning qayd etishicha, so‘nggi yillarda oshqozon va ichaklarga yot jismlar tushishi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘paymoqda. Bunday holatlar asosan 1 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan insonlar orasida kuzatilmoqda.







