O'zbekiston

O‘quvchiga shilqimlik qilgan o‘qituvchi ishi qayta ko‘riladi

Bu bo‘yicha prokuratura protest kiritdi.

O‘quvchiga shilqimlik qilgan o‘qituvchi ishi qayta ko‘riladi

Avvalroq Toshkent shahridagi xususiy maktabda o‘qituvchi 9 yoshli qizga shilqimlik qilgani va u 5 sutkaga qamalgani xabar qilingandi.

 

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Yaksaroy tuman prokuraturasi mazkur ish bo‘yicha protest kiritgan.

 

3-mart kuni sudya erkakni 41-1-modda bo‘yicha aybdor deb topib, jabrlanuvchining yoshiga qaramay 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinlagandi.

 

Prokuratura O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish) bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun maʼmuriy sudning hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni qo‘shimcha tergovga yuborishni so‘ragan.

 

Agar o‘qituvchi ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilsa, u 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘quvchiga shilqimlik qilgan o‘qituvchi ishi qayta ko‘riladi | Zamon.uz