Jahon

Misr arxeologlari 3 ming yillik shaharni tikladi

Shahar Tutanxamon qabridan keyingi eng yirik arxeologik kashfiyot hisoblanadi.

Misr arxeologlari 3 ming yillik shaharni tikladi

 

Misrda arxeologlar uzoq yillik izlanishlardan so‘ng 3000 yillik qadimiy shaharni to‘liq ochib berishdi. Ushbu shahar, "Yo‘qolgan oltin shahar" deb nomlangan bo‘lib, qadimda oltin qazib olish markazi sifatida mashhur bo‘lgan. U Qizil dengiz viloyatining Marsa Alam shahridan janubi-g‘arbda, Jabal Sukari hududi yaqinida joylashgan.

 

Bu shahar 2020-yilda topilgan bo‘lib, fir’avnlar davridagi eng muhim kashfiyotlardan biri sifatida baholanmoqda. U fir’avn Amenxotep III hukmronligi davriga (miloddan avvalgi taxminan 1391–1353-yillar) oid bo‘lib, tarixchilar uni Tutanxamon qabri topilganidan keyingi eng muhim arxeologik yutuq deb hisoblashmoqda.

 

Tadqiqotchilar shahar o‘zining turar-joy binolari, ustaxonalari, ma’muriy inshootlari, ibodatxonalari va hammomlari bilan hayratlanarli darajada yaxshi saqlanib qolganini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, ular oltin qazib olish uchun to‘liq jihozlangan kon lageri qoldiqlarini ham aniqlashgan.

 

Bu kashfiyot Misr tarixining sirli sahifalaridan birini ochib, qadimgi sivilizatsiyaning boy merosini yanada chuqurroq tushunishga imkon yaratmoqda.

custom img

“BMT kuchli bo‘lishi kerak”: Sadir Japarov BMT islohotini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti BMT doirasida sanksiyalarni dastlabki ko‘rib chiqish, monitoring qilish va muntazam qayta ko‘rib chiqishning yagona xalqaro mexanizmini yaratishni takliflarini ilgari surdi.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"