O'zbekiston

Metroda favqulodda chaqiriq tugmalari o‘rnatilmoqda

U orqali huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berish yoki yordam so‘rash mumkin.

Metroda favqulodda chaqiriq tugmalari o‘rnatilmoqda

Maʼlum qilinishicha, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida metropoliten hududida chaqiruv tugmalari o‘rnatilmoqda.

 

Fuqarolar ushbu tugmani bosish orqali metropoliten xodimlari bilan bog‘lanib, huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berishi yoki yordam so‘rashi mumkin.

 

Taʼkidlanishicha, metrodagi videokamera va dinamiklar yordamida xodimlar murojaatchi bilan audio-videoaloqa o‘rnatadi. Barcha maʼlumotlar avtomatik ravishda tizimda qayd etiladi. Bu yo‘lovchilarning murojaatlariga tezkor javob qaytarish imkonini beradi.

 

“Xodimlar tomonidan tun-u kun situatsion tahlil markazining metro bekatlariga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari orqali kelib tushayotgan xabarlarni aniqlash, tezkorlik bilan bartaraf etish va shubhali ko‘ringan yo‘lovchilarning xatti-harakatlari kuzatib borilmoqda”,- deyiladi xabarda.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi

“Yo‘l xaritasi”da bir qator tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

custom img

O‘zbekiston Hindiston bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Tomonlar o‘rtasida bozorga kirish masalalari bo‘yicha protokol imzolandi.

custom img

Saida Mirziyoyeva kichik biznes uchun soliq sharoitlari yengillashtirilgani haqida yozdi

Saida Mirziyoyeva buning samarasini, eng avvalo, oilaviy korxonalar, kafelar, do‘konlar, xizmat ko‘rsatuvchilar, mamlakat iqtisodiyotini harakatga keltirayotgan minglab insonlar his qilishini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlarga QQSni hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi

Mazkur tartib davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar hamda yirik soliq to‘lovchilarga tatbiq etilmaydi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

custom img

Farg‘onada erkak yer talashib odamlarga pichoq bilan tahdid qildi

Bolalar futbol maydonidagi obodonlashtirish ishlari vaqtida yer masalasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

custom img

Prezident farmoni bilan bir guruh marhum ijodkorlar mukofotlandi

Mamlakatda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shgan marhum san’atkor, yozuvchi, hofiz, olimlar taqdirlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi

Prezident Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi tadbirlarida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"