Jahon

Ruminiya osmonida samolyot dvigatelida yong‘in chiqdi

Shundan so‘ng samolyot favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Ruminiya osmonida samolyot dvigatelida yong‘in chiqdi

Buxarestning Otopeni aeroportidan Oradeyaga uchgan “Airbus A320” samolyoti havoga ko‘tarilgandan 15 daqiqa o‘tib, dvigatelida portlash sodir bo‘ldi. Natijada samolyot Buxarestga favqulodda qaytishga majbur bo‘ldi.

 

Yo‘lovchilardan biri tomonidan olingan suratlarda samolyot chap qanoti yaqinida olov chiqayotganini ko‘rish mumkin. Hodisa chog‘ida bortda Oradeya meri ham bo‘lgan.

 

Aviakompaniya vakillarining maʼlum qilishicha, parvoz vaqtida aniqlangan texnik nosozlik sababli ekipaj xavfsizlik choralarini ko‘rib, aeroportga qaytishga qaror qilgan.

 

“Samolyot Buxarestga muvaffaqiyatli va hech qanday talofatsiz qo‘ndi. Texnik mutaxassislar nosozlik sabablarini tahlil qilishmoqda. Oradeyaga parvoz bekor qilindi va yo‘lovchilarga muqobil variantlar taklif qilindi”, — deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Bu qaror parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotgan amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyahuning hokimiyatda qolish imkoniyatlarini yanada murakkablashtirdi.

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Rasmiylar yaqin kunlarda yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.