Hindiston hukumati “megadaryo” yaratmoqchi
Buning uchun bir nechta daryolar birlashtiriladi.

Hukumat bu orqali suv taqchilligi va qurg‘oqchilik muammosini bartaraf etishni rejalashtirmoqda, ammo mahalliy aholi bu loyihaga qarshi.
2024 yil dekabrida Hindiston hukumati “megadaryo” qurilishini boshladi. U Ken va Betva daryolarini birlashtirib, qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan hududda 6 milliondan ortiq odamni suv bilan taʼminlashga yordam beradi.







