Oksana Chusovitina oltin medalni qo‘lga kiritdi
49 yoshli sportchi Jahon kubogida g‘olib bo‘ldi.

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida 49 yoshli Oksana Chusovitina g‘olib bo‘ldi.
Chusovitina 7 mart kuni saralash bosqichida 13.266 ball to‘plab, ikkinchi natija bilan finalchilar qatoridan joy olgandi.
8 mart kuni final bahslarida Oksana tayanib sakrash yo‘nalishida 13.516 ball to‘plab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chusovitina 2028 yili Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish niyati borligini aytgandi.







