“Tashabbusli byudjet”ning targ‘ibot bosqichi boshlandi
U 8-10 mart kunlari amalga oshiriladi.

Targ‘ibot bosqichi davomida loyiha mualliflari saralashdan o‘tgan loyihalarni targ‘ib qilib, ovoz berish bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Shuningdek, ovoz berish bosqichi 2024 yilning 2-mavsumidan boshlab 20 kundan 10 kunga qisqartirildi. Shundan kelib chiqib, ovoz berish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun targ‘ibot bosqichi joriy qilindi.







